NASA rahbari: Agentlikning asosiy vazifasi – o‘zga sayyoraliklarni qidirish
NASA rahbari Jared Ayzekman “Politico” nashriga bergan intervyusida aytishicha, tashkilot missiyasi yerdan tashqari hayotni qidirishdan iborat.
– “Insoniyat koinotda yolg‘izmi yoki yo‘q?” degan savolga javob topish NASA faoliyatining asosini tashkil etadi, – dedi u.
Shuningdek, mulozim kelajak avlod koinotni o‘rganishga ilhomlantirilishi ham jiddiy e’tiborda bo‘lishini ta’kidladi.
Fevral oyida AQSH sobiq Prezidenti Barak Obama amerikalik bloger Brayan Koen bilan suhbatda o‘zga sayyoraliklar mavjudligiga ishonishi, faqat ularni shaxsan ko‘rmaganini aytdi. So‘ngra prezidentlik davrida o‘zga sayyoraliklar bilan aloqa o‘rnatish bo‘yicha biror dalilga duch kelmaganini tan olgan.
Mavzuga izoh berar ekan, amaldagi yetakchi Donald Tramp Obamani maxfiy ma’lumotni oshkor qilishda aybladi. Keyinroq esa Pentagonning yerdan tashqaridagi hayot va noma’lum uchar jismlar to‘g‘risida ma’lumot nashr etishga va’da berdi.
S.Rahimov, O‘zA