“NASA” ning Marsdagi missiyasi yakunlanmoqda
“NASA” ning Marsdagi missiyasi yakuniy bosqichga kirdi.
“Perseverance” tadqiqot laboratoriyasi Mars orbitasiga chiqdi va 18 fevralda uning mazkur sayyora sathiga qo‘nishi rejalashtirilmoqda.
Ta’kidlanishicha, “NASA” muhandislari laboratoriyaning Marsga qo‘nishi bo‘yicha mashq o‘tkazib olishgan.
Qo‘nish jarayoni agentlikning YouTube-kanalida bevosita translyatsiya qilinadi.
Jezero krateri start maydonchasi sifatida tanlangan. Olimlar bu yerda avval ko‘l bo‘lganini taxmin qilmoqda. Mutaxassislar shu taxminni ham tekshirib ko‘radi.