Namanganda Zulfiyaxonim izdoshlari bellashdi
FOTOREPORTAJ
Namangan shahridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazida Namangan davlat universitetining Iqtisodiyot fakul’teti tomonidan “Zulfiyaxonim izdoshlari” deb nomlangan intellektual o‘yin o‘tkazildi.
Tanlovda fakultetning “Uvaysiy”, “Kelajak liderlari”, “Sharq nuri”, “Nihol”, “Navbahor” jamoalari o‘zaro bellashdi.
Talabalarning Zulfiyaxonim ijodi va hayotiga oid bilimlari beshta shart asosida sinovdan o‘tkazildi. Bahslar qizg‘in tus oldi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Uvaysiy” jamoasi intellektual o‘yin g‘olibi bo‘ldi. “Navbahor” jamoasi ikkinchi va “Kelajak liderlari” jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.
[gallery-22136]
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA