Namanganda kuchli voleybolchilar saralandi
Avval xabar berganimizdek, Namanganda 2005-2006 va 2007-2008 yillarda tug‘ilgan qiz bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati bahslari yakuniga yetdi.
O‘zbekiston voleybol federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, 2005-2006 yillarda tug‘ilganlar o‘rtasidagi musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni Namangan, Xorazm va Toshkent viloyati qizlar jamoalari egalladi.
2007-2008 yilda tug‘ilgan qizlar o‘rtasidagi murosasiz o‘yinlar natijasiga ko‘ra esa Andijon viloyati jamoasi 1-o‘rin, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Samarqand jamoasi qizlari keyingi o‘rinlardan joy oldi.
Chempionat g‘olib va sovrindorlari, musobaqaning eng yaxshi voleybolchilari munosib taqdirlandi.
O‘zA