Namangan tumani hokimi kubogiga start berildi
Namangan tumanidagi Xonobod mahallasida yoshlar o‘rtasida futbol bo‘yicha tuman hokimi kubogi musobaqalariga start berildi.
Musobaqada 54 ta mahalla fuqarolar yig‘ini vakillaridan iborat jamoalar ishtirok etmoqda.
Futbol musobaqasining ochilish marosimida ishtirok etgan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Sh. Abdurazzaqov mahallalarda yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan sport musobaqalari yoshlarning bo‘sh vaqtni ko‘ngilli va foydali o‘tkazish, jinoyatchilikni jilovlash, yoshlar o‘rtasida sport targ‘ibotini kuchaytirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.
Maydonga to‘p olib chiqilgach, viloyat hokimi darvozaga ramziy zarba berib, musobaqani boshlab berdi.
[gallery-298]
Hotam MAMADALIEV(surat), O‘zA