Namangan gullar bayramiga hozirlik ko‘rmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan shahrida 22 maydan 5 iyun kuniga qadar o‘tkaziladigan Xalqaro gullar festivaliga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.
Shahar ko‘chalariga ekilgan millionlab turfa gullar ayni paytda ko‘rkam ko‘rinishga kelgan.
[gallery-6859]
Namangan azaldan o‘zining atirgullari bilan mashhur. Bejizga gul bayramining belgisi etib, aynan qizil atirgul tanlanmagan. Gullar shahri ko‘cha va xiyobonlaridagi noyob turdagi atirgullarning barq urib ochilgani kishini beixtiyor samoviy hislar sari yetaklaydi.
Hotam MAMADALIEV (surat),O‘zA