Nabiyeva Dilfuza Temirovnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Innovatsion texnologiyalar vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ma’naviy faoliyatga metodik tayyorlashni takomillashtirish” mavzusida
Nabiyeva Dilfuza Temirovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika) ixtisosligi bo‘yicha “Innovatsion texnologiyalar vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ma’naviy faoliyatga metodik tayyorlashni takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.01/2025.27.12.Ped.10.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 27-avgust kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 140100, Samarqand shahri, Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy. Samarqand davlat pedagogika instituti.
Tel.: +998 (95) 826-82-12
e-mail: devonxona@samdpi.uz