Myanmada vaqtli hukumat shakllantirilmoqda
Myanmada harbiylar hokimiyat tepasiga kelgandan keyin tuzilgan Davlat ma’muriy kengashi mamlakatda vaqtli hukumat tuzilishi haqida e’lon qildi, deb xabar tarqatmoqda Sinxua agentligi kengash chiqargan farmonga tayangan holda.
Farmonga ko‘ra, Myanma qurolli kuchlari oliy bosh qo‘mondoni, Davlat ma’muriy kengash raisi Min Aun Xlayn bosh vazir bo‘ladi.
Myanmada harbiylari konstitutsiyaga kiritilgan mexanizmdan foydalanib 2021 yil 1 fevralda hokimiyatni egallab oldi. Mamlakat yetakchilari qamoqqa olindi, parlamentga qayta saylangan ko‘plab deputatlar vaqtincha qamab qo‘yildi. Harbiylarning davlat tepasiga kelishi bilan mamlakatda bir necha oy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi.