Myanmada ahvol borgan sari jiddiy tus olmoqda
To‘qnashuvlar 18 kishini hayotdan olib ketdi
Myanmaning turli shaharlarida yakshanba ham kun bo‘yi ommaviy norozilik namoyishlari davom etdi. Achinarlisi, bir necha hududlarda olomonni tarqatmoqchi bo‘lgan politsiya xodimlari va harbiylar bilan yuz bergan to‘qnashuvlar natijasida kamida 18odam qurbon bo‘ldi. Shu mazmundagi xabarni"Mizzima" yangiliklar internet-portali yozgan.
Oldinroq "Iravadi" yangiliklar portalihalok bo‘lganlar sonini6 nafar, deb e’lon qilgandi.
"Mizzima" keltirgan so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, mamlakatning eng yirik shaharlaridan biri, avvalgi poytaxt Yangonda4 fuqaro, keyingi yirik shahar Мандалайva Bagoda 3 nafardan namoyishchi, Davey shahrida 4 aholi vakili, Pakokkuda esa 2 kishivoqea qurboniga aylangan. Mey va Molamyayna shaharlarida 1 nafardan odam jon bergan.
"Iravadi" e’lon qilgan axborotda to‘rt marhumning uch nafari Yangondagi isyonda qatnashgan maktab o‘qituvchilari va yuqori sinf o‘quvchilari orasidan ekani ta’kidlangan.
Bagoda 20 dan ziyod kishiga turli darajadagi tan jarohati yetkazilgan. Aholi to‘plangan, qurbonlar berilgan barcha shaharlarda, "Iravadi" yozishicha, politsiyachilarvaaskarlarolomon harakatini rezina o‘qlarva havoga qarata uzilgan haqiqiy patronlar yordamida tarqatmoqchi bo‘lishgan. Afsuski, hayotdan ko‘z yumganlarning ko‘pchiligi aynan jangovar o‘qlardan yiqilgan.
Umuman, yakshanba kuni Myanmaning ko‘pgina shaharlarida o‘n minglab, yuz minglab insonlar ishtirokidagi ommaviy namoyishlardavom etttirildi. Norozilik yurishi 6 fevralda, ya’ni mamlakat qurolli kuchlari hukumatni egallab olgandan keyin 5 kun o‘tgach boshlangan.
Myanmadagiko‘plab OAV ta’kidlashicha, ko‘chadagi to‘qnashuv kundan kunga zo‘rayib, jiddiylashib boryapti. Namoyishchilar o‘zlarini muhofazalash uchun to‘siqlar qo‘yib, himoya qo‘rg‘onlari yasab olishmoqda, politsiyachilar va alohida maxsuskuchlar askarlari esaborgan sari keskin va shafqatsiz taktikaga o‘tib, suv purkagich to‘p va ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan, shuningdek, rezina o‘qvajangovar patronlardan foydalanishyapti.
Namoyish boshlanishiga nima sabab bo‘ldi?
Ayni payt Myanmani boshqarib turgan harbiylarhukumat boshiga 2020 yil 8 noyabrda bo‘lib o‘tgan umumxalq parlament saylovlari natijasiga nisbatan paydo bo‘lgan noroziliklar ta’sirida o‘rnashib olgan. O‘shanda saylov komissiyasining avvalgi tarkibi va amaldagi hukumat asosini tashkil etgan "Demokratiya uchun milliy liga" partiyasi rahbarlari saylovchilar ro‘yxati va saylov varaqalari ommaviy ravishda soxtalashtirilgani to‘g‘risidagi taxminlarni tekshirish, muhokama qilishning har qanday ehtimolini rad etgandi. Harbiylar esa aynan saylov noqonuniy o‘tkazilgani yetakchi partiyaningparlament mandatlariga egalik qilish bo‘yicha mutlaq ustunligini ta’minlagan, deya da’vo qilishgan.
Aytishlaricha, harbiylar o‘zlari mustaqil surishtiruv olib borishgan. Ularning fikricha, kamida 10 million byulleten soxtalashtirilgani uchun tergov o‘tkazilishi lozim edi. Norozi tomonning bu to‘g‘ridagi so‘rovi saylov komissiyasi va hukumat tomonidan qayta-qayta rad etilavergach, 1 fevral kuniQurolli kuchlar mamlakat prezidenti Vin MintavaDavlat maslahatchisi (amaldaBosh vazir),Nobel mukofoti sohibi Aun San Su Chjiни qo‘lga olishdi va uy qamog‘iga hukm etishdi. Bu ikki amaldorga nisbatan tabiiy ofatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish to‘g‘risidagi qonunni buzganlik bo‘yicha ayblov (COVID-19pandemiyasi munosabati bilan joriy etilgan favqulodda holat tartibini buzish) e’lon qilinib, jinoiy ish ochildi.Aun San Su Chji zimmasiga esa qo‘shimcha tarzdaelektron aloqa vositalari importi to‘g‘risidagi qonunni ham buzganlik aybi yuklandi. "Demokratiya uchun milliy liga" partiyasimulozimlari va ag‘darib tashlangan hukumat arboblariga nisbatan esa butun mamlakat bo‘ylabhibsga olish, turli qonunbuzarliklarni sodir etganlik yuzasidan ayblov e’lon qilish harakatlari avj oldi.
Hukumat tepasiga kelgan birinchi kundanoq harbiylar2008 yilda kuchga kirgankonstitutsiya doirasida ish olib borayotganliklarini e’lon qilishdi. Ularning fikricha, mamlakatda bir yil muddat bilan joriy etilgan favqulodda holat tugagach, qayta saylov o‘tkaziladi va g‘olib chiqqan partiya hukumat tarkibini shakllantiradi.
Shundan buyon, ya’ni fevral oyi boshidan "Demokratiya uchun milliy liga" partiyasitarafdorlari har kuniko‘chalarga ko‘p ming kishidan iborat namoyishchilarni chiqaryapti. Norozi olomon hokimiyat harbiylar tomonidan egallab olinishiga qarshi ekanligini bildirmoqda. Umummilliy qo‘zg‘olon oqibatida 70 foizdan ortiq davlat idoralari, muassasalari va korxonalari faoliyati to‘xtab qolgan. Isyonchilar davlat boshqaruvini fuqarolik hukumatiga qaytarish, qo‘lga olingan mamlakat rahbarlari va yetakchi partiya vakillarini ozod etish va zudlik bilan aynan 2020 yil 8 noyabrda o‘tkazilgan saylov natijalari tasdiqlagan parlamentning birinchi sessiyasini chaqirishni talab qilmoqda.
Internet materiallari asosida
G‘ayrat XONNAZAROV tayyorladi.
O‘zA