Mustaqillikni madh etgan avlod
Termiz shahridagi Sanat saroyida Termiz davlat universiteti talaba-yoshlari “Istiqlolni kuylagan avlod”, deb nomlangan hisobot konsertini namoyish etdi.
Mustaqilligimizning 30 yilligi hamda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan tadbirda universitet rektori A.Maraximov istiqlol sharofati bilan yoshlar hayotida yuz berayotgan yangilanish va o‘zgarishlar, istedodli yigit-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.



So‘nggi yillarda talim sohasida olib borilayotgan islohotlarning, besh muhim tashabbusning mazmun-mohiyati va talabalarga yaratilayotgan zamonaviy sharoitlar, iqtidorli, istedodli talabalarni munosib rag‘batlantirishga qaratilayotgan yuksak etibor xususida fikr almashdi.
Qiziqarli lahzalarga boy bo‘lgan dasturda Surxondaryo viloyatidagi eng yirik oliy talim muassasasining “Xor” jamoasi, “Surxon sabolari” raqs ansambli, “Maqomchilar ansambli”, “Savti Surxon” orkestri, “Jayxun” etnografik xalq ansambli va “Doirachilar” ansambllari jonli ijroda mustaqillik, Vatan, obod hayot, do‘stlik, baxtiyor yoshlik va sevgi muhabbat tarannum etilgan kuy-qo‘shiq va dilrabo raqslari bilan sanat muhlislarini xushnud etdi. Shuningdek, sanat bilan do‘st tutingan istedodli talabalarning chiqishlari ham barchaga manzur bo‘ldi.
Tadbir doirasida talaba-yoshlarning tasviriy sanat asarlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.



Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA