Mustaqillik monumentiga gulchambarlar qo‘yildi
FOTOREPORTAJ
Joriy yilning 11-16 noyabr kunlari Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda qator vazirlik va idoralar hamkorligida “Bag‘rikenglik haftaligi”ni o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Media markazida mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, xorijiy davlatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” mavzusida Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
[gallery-20298]
Shuningdek, poytaxtimizdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida turli millat va diniy konfessiyalar vakillari ishtirokida Mustaqillik monumentiga gulchambar qo‘yish tadbiri ham o‘tkazildi.
Haftalik davomida turli madaniy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-amaliy tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA