Mustaqillik — bebaho ne’mat, ulug‘ qadriyat
FOTOREPORTAJ
Navoiy shahrida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Istiqlol bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tantanada viloyat jamoatchiligi, mehnat faxriylari, turli soha vakillari, yoshlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Tadbirni Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov ochib, yig‘ilganlarni va viloyat ahlini O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi.
[gallery-31170]
Ta’kidlanganidek, mustaqillik yillarida mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, inson qadrini yuksaltirish, aholi farovonligini oshirish va iqtisodiy salohiyatni yuksaltirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bugun Navoiy viloyati ham jadal taraqqiy etayotgan hududlardan biri sifatida o‘zining yangi qiyofasini namoyon etmoqda.
Tantana davomida Vatanimiz mustaqilligi, yurt tinchligi va xalqimiz birdamligini tarannum etuvchi musiqiy chiqishlar, raqslar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Bayram tadbirida ko‘tarinki ruh, milliy qadriyatlarimizga xos ulug‘vorlik va bayramona kayfiyat hukm surdi.
Suratlarda: Navoiy shahridagi bayram tantanalaridan lavhalar.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA