Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi? (+video)
Prezident farmoni bilan 31 avgust (shanba) — haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni va 3 sentyabr (seshanba) — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni qilib belgilangan.
Shunday qilib, O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam olish kuni bo‘ladi:
31 avgust — olti kun ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
1 sentyabr — Mustaqillik bayrami kuni;
2 sentyabr — ko‘chirilgan dam olish kuni;
3 sentyabr — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.
Eslatib o‘tamiz,
Oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili 9 sentyabr, dushanba kunidan boshlanadi. Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024 yil 21 avgustdagi 321-sonli buyrug‘ida belgilandi. Qayd etilishicha, Akademik litseylarda yangi o‘quv yili 4 sentyabr, chorshanba kunidan boshlanadi.
Avvalroq, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yangi o‘quv yili 4 sentyabrdan boshlanishi e’lon qilingan edi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/GVc-5tScQc0" title="Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>