Mustahkam oila - jamiyat tayanchi
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasida “Namunali harbiylar oilasi” ko‘rik-tanlovning yakuniy bosqichi o‘tkazildi.
Mudofaa vazirligi tomonidan yurtimiz osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning oilalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, oila madaniyati va odobini shakllantirish, ushbu oilalarda kamol topayotgan farzandlar tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, oilalarning ibratli jihatlarini yuzaga chiqarish, axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan eng namunali harbiy oilalarni aniqlash maqsadida har yili ushbu ko‘rik-tanlov o‘tkazib kelinadi.

Onlayn tarzda o‘tkazilgan tanlov yakuniy bosqichida harbiy okrug va unga teng bo‘lgan birlashmalar hamda oliy harbiy ta’lim muassasalari miqyosida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 7 jamoa “Oilam-mening baxtim” mavzusidagi she’riy tanishtiruv, “Mustahkam oila - jamiyat tayanchi” mavzusidagi videorolik namoyishi va "Oilam qiziqishlari" nomli shartlar asosida o‘zaro bellashdi.
G‘oliblikni qo‘lga kiritgan va o‘z chiqishlarida milliy an’ana va urf-odatlarimiz, shuningdek, oilada sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilayotgan harbiy oilalarga O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tanlovda Qurolli Kuchlar Akademiyasi serjantlari farzandlari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.
M. Qudratullayeva, O‘zA