Musobaqa g‘oliblari aniqlandi
Poytaxtimizda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan sportning yakkakurash turi – jun ri do bo‘yicha 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida Toshkent shahar ochiq turniri o‘tkazildi.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi va Toshkent shahar jun ri do sport jamoat birlashmasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada yuz nafarga yaqin yosh sportchi qatnashdi.
Mazkur musobaqadan asosiy maqsad sportning ushbu turini yanada rivojlantirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga keng jalb qilishdan iboratdir.
Jun ri doning qator yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda Doniyor Shodiyorov, Shohjahon Ne’matov, Abdurahmon Abduvaliyev, Parvina Mirzayeva, Abubakir Ravshanov, Baxtiyor Isayev, Ilhom Qodirov, Sardor Tojiboyev, Ulug‘bek Avazxonov, Farhod G‘afforov, Aziz Badalov, Ulug‘bek Yusufaliyev g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Turnir ishtirokchilari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.