Murojaatlar “mahallabay” tizimida o‘rganilmoqda
Buxoro viloyati prokurori Maxmud Istamov tomonidan Peshko‘ tumani “Qal’a” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda “Navoiy”, ”O‘zbek”, “Mahallayi Mirishkor”, “Talisobun” qishloqlarida yashovchi aholi qatnashdi.
Qabulda uy-joy bilan ta’minlash, ishga joylashtirish, kredit ajratish va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning jami 18 ta murojaatlari kelib tushdi. Shundan 6 tasi qanoatlantirildi. 5 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi. 7 tasi hal qilish uchun vaqt talab etganligi bois, ijrosi viloyat prokurori nazoratiga olindi.
Viloyat prokurori Peshko‘ tumanida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan uchrashdi. Ularni bandligini ta’minlash va daromadini ko‘paytirish maqsadida 116 nafar xotin-qizlarga “Yoshlar daftari” jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tikuv mashinalari berildi.





Zarif Komilov, O‘zA