Murabbiylar uchun seminar boshlandi
Poytaxtimizda erkin va yunon-rum kurashi murabbiylari uchun o‘quv-amaliy seminar boshlandi.
Poytaxtimizda erkin va yunon-rum kurashi murabbiylari uchun o‘quv-amaliy seminar boshlandi.Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida Olimpiya sport turlarini yanada ommalashtirish, jahon maydonlarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir sportchilarni tayyorlash uchun murabbiylarga har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.
Butunjahon kurash ittifoqi, O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Sport kurashlari assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan seminarda murabbiylar xalqaro musobaqalarga sportchilarni yuqori saviyada tayyorlash, mashg‘ulotlarni yangi usullar orqali o‘tkazish bo‘yicha bilimini oshiradi.