Muqaddasim, munavvarim – ona tilim
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi hamda 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan “Muqaddasim, munavvarim – ona tilim” mavzuida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda yetakchi tilshunos va adabiyotshunos olimlar o‘zbek tilining yuksalish yo‘li, tarixiy ahamiyati, mamlakatimiz taraqqiyoti va jamiyat rivojidagi muhim o‘rni hamda davlat tili sifatidagi nufuzi va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’ruzalar qildi.
[gallery-14132]
Universitet talabalari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki ruh va bayramona kayfiyat ulashdi.
O‘zA fotomuxbiri
Otabek Mirsoatov olgan suratlar