Muhokama markazida AQSH va Shimoliy Koreya sammiti
Shimoliy Koreya vakili Kim Yon Chxol AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo bilan Shimoliy Koreya va AQSH oʻrtasidagi navbatdagi sammit masalasini muhokama qilish uchun Vashingtonga keldi.
Shimoliy Koreya vakili Kim Yon Chxol AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo bilan Shimoliy Koreya va AQSH oʻrtasidagi navbatdagi sammit masalasini muhokama qilish uchun Vashingtonga keldi. Bu haqda “Ryonxap” agentligi xabar beradi.
Taʼkidlanishicha, shimolliklar vakilini AQSH tomoni maxsus vakili Stiven Bigan kutib olgan. Avvalroq Prezident Tramp ikki davlat oʻrtasidagi sammit masalasi tez kunda muhokama qilinishini aytgandi.