Muhim vazifalar belgilab olindi (+video)
Davlatimiz rahbarining joriy yil 14 fevraldagi yoshlar bilan ochiq muloqoti chog‘ida bildirilgan fikrlar va joriy etiladigan imtiyozlar hamda qator yangiliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yoshlarga yetkazish maqsadida Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.
Tadbirga Milliy gvardiyaga biriktirilgan respublikamizning shahar va tumanlaridagi 712 ta mahallada istiqomat qiluvchi 3 ming nafardan ziyod yoshlar taklif etildi.
Ochiq muloqot davomida mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, ularning ilm olishi, kasb-hunar o‘rganishi uchun yaratilgan sharoitlar xususida so‘z yuritildi.
Yoshlar bilan bog‘liq jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash borasida fikr-mulohazalar bildirildi. Yoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, muammolarni hal etishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar ko‘rildi.
Mas’ullarga Yoshlar ishlari agentligi va “mahalla yettiligi” bilan uzviy aloqalarni yo‘lga qo‘yib, yoshlar bilan har kuni ish olib borish, sport, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish vazifasi qo‘yildi.
Shuningdek, xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari uchun joriy etilayotgan mukofot va rag‘batlar to‘g‘risida ma’lumotlar berilib, vaqtni faqat bilim olish uchun sarflash zarurligi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, harbiylikka qiziqishi bo‘lgan yoshlar uchun Milliy gvardiya tasarrufidagi o‘quv muassasalari haqida ma’lumot berildi.
Videoselektorda ushbu vazifalarga mas’ul etib biriktirilgan ofitserlarga olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish zarurligi aytib o‘tildi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/JyF6--NAIYQ" title="Muhim vazifalar belgilab olindi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>N.Rahmonova, O‘zA