Muhim masalalar muhokama etildi
Nukusda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining o‘ninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekistonRespublikasi Oliy Majlisi Senati, Qoraqalpog‘istonRespublikasi hukumati a’zolari, tegishli sohalarrahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
DastlabO‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi.

Qoraqalpog‘istonRespublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev boshqarib borgan sessiyasining kun tartibida dastlabQoraqalpog‘iston Respublikasida barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlarning borishini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish to‘g‘risidagi, so‘ng fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jinoyatchilikning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘nalishida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar haqida Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining axboroti, “Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonuni va tegishli hukumat qarorlari talablarining bajarilishi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligiga yuborilgan Parlament so‘rovi natijasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi umumiy foydalanishdagi avtomobil va ichki yo‘llarni hamda ko‘priklarni ta’mirlash yo‘nalishida olib borilayotgan chora-tadbirlarning borishi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasiga yuborilgan Parlament so‘rovi natijasi to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, deputatlar Jismoniy va yuridik shaxslarning yer uchastkalaridan noqonuniy foydalanish hamda xodimlar o‘rtasida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ishlar bo‘yicha Kadastr agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasiga yuborilgan Parlament so‘rovi natijasi, 2025-yilda joylardagi norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyoti, huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati haqida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirining axboroti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasining 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlari haqida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasining hisoboti, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasining 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlari haqida Markaziy bank Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasi boshlig‘ining hisoboti to‘g‘risida, O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni tan olish to‘g‘risida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumi qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi muhim masalalar ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.