Muhammad Yusuf yodi hamisha barhayot (+video)
She’riyat, hech shubhasiz, insoniyatga berilgan eng ulug‘ ne’matlardan biridir. U cheksiz ummonga, bepoyon ufqqa o‘xshaydi. Uning zeboligi, ta’siri va ko‘lamini tasvirlash qiyin. Abdulla Qahhor ta’biri bilan aytganda, "She’r bir mo‘jiza. Uning mo‘jizalik sirlaridan xabardor bo‘lish, bu sirlarni jilovlashga har kim ham muyassar bo‘lavermaydi. Bunga erishish uchun zehn, sabr va mehnatdan boshqa yana nimadir kerak".
Bugun butun o‘zbek xalqi, o‘zbek she’riyatida unutilmas kun. O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kunga 70-yil to‘ldi. Shoir she’rlari xalqimiz yuragidan munosib o‘rin topgan. Uning she’rlari katta-kichik, yosh-u-qarining qalbidan birday joy oladigan darajada sehrli edi.
Bizning ijodiy jamoamiz Muhammad Yusuf tavalludining 70-yilligi munosabati bilan u kishining rafiqasi, dilbar shoira Nazira As-Salom bilan birgalikda benazir shoir haqidagi iliq xotiralar, unutilmas lahzalarni yodga oldik...
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/zFkZ0ZngN48?si=12bYBMxtC-WNTtD2" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, N. Abduvoitov, U.To‘xtayev(video), O‘zA