Moliya sektorida iste’molchilar huquqlari himoyasi takomillashtirilmoqda (+video)
Bugungi kunda moliya bozoridagi jadal o‘zgarishlar, ayniqsa raqamli xizmatlar va onlayn to‘lovlar ko‘lamining kengayishi iste’molchilar huquqlarini ishonchli himoya qilishni yanada dolzarb masalaga aylantirmoqda. Shu sabab, sohada aniq qoidalar va samarali mexanizmlarga asoslangan yagona yondashuvni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Raqobat qo‘mitasi Germaniyaning “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” tashkiloti bilan hamkorlikda moliya sektorida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga bag‘ishlangan xalqaro seminar o‘tkazdi. Unda raqamli texnologiyalar va onlayn to‘lovlar jadal rivojlanayotgan sharoitda sohadagi dolzarb vazifalar, shuningdek, Qo‘mita tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.
Seminarda O‘zbekistonda moliyaviy iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish, xalqaro tamoyillarni milliy sharoitga moslashtirish, nazorat va javobgarlik mexanizmlarini kuchaytirish, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish kabi yo‘nalishlar asosida yangi kodeks loyihasini ishlab chiqish yuzasidan fikr bildirildi.
Muhokamalar davomida moliyaviy mahsulotlar bo‘yicha tushunarli va ochiq ma’lumot taqdim etish, mijozlarga nisbatan shaffof va insofli munosabatni ta’minlash, shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini kuchaytirish, samarali murojaatlar tizimini joriy etish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, qoidabuzarliklar uchun aniq javobgarlik belgilash hamda onlayn kredit va fintex xizmatlari uchun alohida talablar joriy etish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/5NZp0F_0Tro" title="Moliya sektorida iste’molchilar huquqlari himoyasi takomillashtirilmoqda " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>N.Rahmonova, O.Davronov (video), O.Pardayev (surat), U.To‘xtayev (montaj), O‘zA