Mohir qilichbozlar saralandi
Poytaxtimizda qilichbozlik boʻyicha oʻtkazilgan “Umid” turnirida mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan sportchilar rapira, sablya va shpaga yoʻnalishida oʻz mahoratlarini sinovdan oʻtkazdi.
Poytaxtimizda qilichbozlik boʻyicha oʻtkazilgan “Umid” turnirida mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan sportchilar rapira, sablya va shpaga yoʻnalishida oʻz mahoratlarini sinovdan oʻtkazdi.
Musobaqaning rapira yoʻnalishidagi bahslarda andijonlik Ahmadillo Solixojiyev hamda poytaxtlik Madinabonu Parpiyeva barcha raqiblaridan ustun kelgan boʻlsa, shpaga bellashuvlarida Javohirbek Nurmatov va Veronika Rojkovaning qoʻli baland keldi.
Shuningdek, sablyachilar oʻrtasida Sherzod Mamutov va Shahnoza Togʻaymurodova tengsiz ekanliklarini namoyish etdi.
Musobaqa gʻolib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.