Mohigul Hamdamova oltin medalga sazovor bo‘ldi
"Tokio-2020" Paralimpiya o‘yinlarida para-yengil atletikachimiz Mohigul Hamdamova oltin medalni qo‘lga kiritdi.
F57 toifasida disk uloqtirish bahsida qatnashgan M.Hamdamova 31.46 metr natija qayd etdi. Ushbu dasturda qatnashgan boshqa hech qaysi sportchi bu ko‘rsatkichga yaqin kela olmadi.
Shu tariqa para atletimiz musobaqada shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.
J.Toshxo‘jayev, O‘zA