Moʻynoq zamonaviy qiyofa kasb etmoqda
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Moʻynoq tumanida keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Moʻynoq tumanida keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Oʻtgan yili aholini toza ichimlik suv bilan taʼminlash maqsadida qisqa muddatda 101 km. uzunlikda suv quvuri tortildi. Bundan tashqari, tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish boʻyicha qator loyihalar amalga oshirildi.
Bunday ezgu ishlar joriy yilda ham davom ettirilmoqda. Bir nechta koʻp qavatli turar-joylar, amfiteatr, stadion va yana boshqa qator obyektlarda qurilish ishlari qizgʻin bormoqda. Yoʻl qurilishi ishlari ham samarali olib borilyapti. Xususan, 4r 173 Qoʻngʻirot-Moʻynoq avtomobil yoʻlining 91-98 km. dagi qismi kapital taʼmirlanmoqda.
– Hozir 7 kilometr yoʻlni taʼmirlash ishlarida 10 ga yaqin texnika va 20 dan ziyod ishchi qatnashmoqda. Ishchilar uchun barcha sharoit yaratilgan. Yaqin kunlarda asfalt yotqizish ishlarini boshlaymiz, – deydi Qoʻngʻirot tumani yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi rahbari Izzat Qoʻchqorov.


