Misrda avtobus ag‘darilib, 12 kishi halok bo‘ldi
Misrning Suvaysh viloyatida yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketdi. Natijada 12 kishi hayotdan ko‘z yumdi.
Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi Ayn Suxna yo‘lida sodir bo‘lgan mazkur yo‘l-transport hodisasiga oid so‘nggi ma’lumotni e’lon qildi. Bayonotda 33 kishi jarohatlangani ham qo‘shimcha qilingan.