Mirzaobod tumanida yo‘l-transport hodisasi
Bugun, 1 aprel kuni soat 11:10 da Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanining "Do‘ngariq" MFY hududida "HOHAN" rusumli yuk avtomashinasi yo‘l- transport hodisasi natijasida katta ariqqa tushib ketdi. Hodisa oqibatida haydovchi tan jarohati olib, avtomashina ichida qolib ketgan.
Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (FVB) xabar berishicha, zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari haydovchini avtomashinadan chiqarib, malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga jo‘natgan.
Ayni paytda haydovchining ahvoli yaxshi.
G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri