Mirishkor tumanidagi Achinko‘l haqida eshitganmisiz?
Bu ko‘l Qarshi shahridan 85 kilometr uzoqlikda, g‘arbda joylashgan. Cho‘l o‘rtasidagi ushbu betakror mo‘’jiza kollektor-zovur suvlarining to‘planishidan hosil bo‘lgan.
Ko‘lning maydoni 28,5 kvadrat kilometrni tashkil etib, atrofida turli xildagi yovvoyi qushlar va hayvonlar, noyob o‘simliklarni uchratish mumkin. Bu flora va fauna vakillarining ayrimlari “Qizil kitob”ga kiritilgan.
[gallery-7284]
Quyosh botishi va chiqishini tomosha qilish bu yerga tashrif buyurishga arzirli sabablardan biridir.
Jamshid NORQOBILOV (surat), O‘zA