Milliy xarakter tasvirida maqol va matallarning o‘rni
Zarnigor O‘ktamovna QOBILOVA magistr Samarqand davlat universiteti Samarqand, O‘zbekiston
Annotatsiya
Maqolada Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romanida ishlatilgan maqollarning poetik vazifalari, badiiy ahamiyati, muallif ijodiy niyatini kitobxonga yetkazishdagi o‘rni o‘rganilgan. Matal va xalq iboralari orqali kitobxonga yetkazilgan g‘oyalarning ahamiyati tahlil qilingan. Asar jozibasini ta’minlashda adabiy til imkoniyatlari va xalq og‘zaki ijodining roli ochib berilgan. Romanda qo‘llanilgan maqol va naqllarning etnogenezi va xarakterlar ruhiyatini ifodalashdagi afzalliklari aniqlangan.
Tayanch so‘zlar: maqol, matal, ibora, poetik uslub, personaj, obraz, psixologik munosabatlar, yondashuv.