Milliy qadriyatlarimiz namoyishi
Istanbul shahrida Butunjahon kurash ittifoqi (United World Wrestling) tomonidan dunyo mamlakatlari milliy kurash turlarining forumi o‘tkazildi. Unda ellikdan ziyod davlat vakillari o‘zlarining milliy sport turlari bilan ishtirok etdi.
Istanbul shahrida Butunjahon kurash ittifoqi (United World Wrestling) tomonidan dunyo mamlakatlari milliy kurash turlarining forumi o‘tkazildi. Unda ellikdan ziyod davlat vakillari o‘zlarining milliy sport turlari bilan ishtirok etdi.Prezidentimiz rahnamoligida milliy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar samarasida xalqimizning milliy sport turlari xalqaro maydonlarda keng ommalashmoqda.
Forumda O‘zbekiston Bel olish va uch kurash assotsiatsiyasi vakillari ham qatnashdi. Assotsiatsiya 2015-yili tashkil etilgan va uning asosiy vazifasi o‘zbek milliy sport turlari – kurash, belbog‘li kurash va belbog‘li olishni rivojlantirish, mazkur sport turlari asosida yangi uch kurash sport turini yanada targ‘ib qilishdan iborat.
Uch kurash bo‘yicha o‘tadigan musobaqalar uch davra (raund) davom etadi, polvonlar kurash, belbog‘li kurash va belbog‘li olish bo‘yicha kuch sinashadi.
Forumda O‘zbekiston Bel olish va uch kurash assotsiatsiyasi vakillari tomonidan tayyorlangan uch kurash bo‘yicha polvonlarning ko‘rgazmali chiqishlari aks ettirilgan film ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va mazkur yangi milliy sport turiga yuqori baho berildi.