Millatlar do‘stligini aks ettirgan surat
Yangihayot tumani, «Do‘stlik» mahallasida uzoq yillardan buyon 30 dan ortiq millat vakillari yashab keladi. Shu sababli mahalladagi ko‘p qavatli uylardan birining devoriga millatlar ahilligini aks ettiruvchi tasvir tushirildi. Yangihayot tuman hokimligi tashabbusi bilan aks ettirilgan mazkur tasvir «Millatlar do‘stligi» deb nomlanadi.
Ayni damda devoriy surat ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘lmoqda. Surat mustaqillikning 30 yilligiga ham katta sovg‘a bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Yurtimizda asrlar davomida yashab kelayotgan millatlararo do‘stlik va ahillik mudom barqaror bo‘laversin.
O‘zA