Mikroloyihalar yarmarkasi o‘tkazildi
Poytaxtimizning Chilonzor tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi va tijorat banklarining mikroloyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida tijorat banklari yangi mikroloyihalarni taqdim etdi hamda hunarmandlar banklarning mikroloyihalari bilan tanishib, ma’lumotlarga ega bo‘ldi.


Yarmarkada hunarmandlar mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi hamda hunar o‘rganish istagidagi fuqarolar jalb etildi.
Yarmarkada "Hunarmand" uyushmasida tashkil etilgan grant loyiha bo‘yicha o‘quv kurslarida hunar o‘rganayotgan xotin-qizlar ham ishtirok etib, o‘zlari yasagan milliy taqinchoqlar mahsulotlarini realizatsiya qilish, hunarmandlar bilan tajriba almashib mahsulotlar savdosini yo‘lga qo‘yishni o‘rgandi.


Gulnoza Boboyeva, O‘zA