MIB oilani yarashtirib qo‘ydi
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Urganch tumani bo‘limi xodimlari muntazam ravishda alimentdan qarzdor bo‘lgan fuqarolarning mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rib borishmoqda.
Qarzdor S.E. ham aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirmay kelgani tufayli ish hujjatlari jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilishi haqida ogohlantirilgan. Farzandlarining moddiy ta’minotidan bo‘yin tovlash javobgarlikni keltirib chiqarishini tushungan ota hisoblangan 27,2 mln. so‘m miqdoridagi aliment qarzlarini bir yo‘la to‘ladi.
Olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida oila yarashtirib qo‘yildi.
Endilikda farzandlar oilasi bag‘rida butun bo‘lib, mehrga to‘lib ulg‘ayadigan bo‘lishdi.
A.Shokirov, O‘zA