Mezbonlar musobaqa g‘olibi bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi tomonidan Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi kartadromda yoshlar va kattalar o‘rtasida karting bo‘yicha O‘zbekiston kubogi 2-bosqich musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada Toshkent shahri va viloyatlardan jami 98 nafar 7 va undan katta yoshdagi sportchilar bellashdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Namangan viloyati jamoasi musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin Toshkent viloyati va uchinchi o‘rin Toshkent shahri jamoalariga nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA