Metro vagonlarida sovutish tizimlari ishlayaptimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda metro vagonlarida sovitish tizimlari ishlamayotgani xususida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirildi.
Qayd etilishicha, vaziyat to‘liq nazorat ostida va shart-sharoitlar inobatga olingan holda choralar ko‘rilmoqda.
Hozirgi vaqtda metro poyezdlari bahor-qish mavsumi rejimida harakatlanmoqda va hali yozgi mavsumga o‘tkazilmagan. Shu bilan birga, hozir bahor mavsumi bo‘lib, yog‘ingarchilik kuzatilishi ehtimoli mavjudligi inobatga olingan holda, sovutish tizimiga ega harakat tarkiblarida konditsionerlar muntazam ravishda yoqilmagan.
Shu bilan birga, yo‘lovchilarning talab va takliflari inobatga olingan holda, zarurat tug‘ilganda vagon ichidagi mashinst bilan aloqa vositalari orqali murojaat qilinganda konditsionerlar yoqilmoqda.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA