Merosdan kimlar mahrum etilishi mumkin?
Yuridik klinika
JAVOB: Fuqarolik kodeksining 1119-moddasiga ko‘ra, meros qoldiruvchini yoki ehtimol tutilgan merosxo‘rlardan birortasini qasddan o‘ldirgan yoki ularning hayotiga suiqasd qilgan, xususan, meros qoldiruvchining oxirgi xohish-irodasini amalga oshirishiga qasddan to‘sqinlik qilgan, merosning o‘zlariga yoki o‘zlariga yaqin shaxslarga tegishli ulushi ko‘paytirilishiga imkon yaratgan, meros qoldiruvchini ta’minlab turish yuzasidan qonunga ko‘ra zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlagan va u bunday harakatlarni qasddan sodir etgan bo‘lsa, vorislik qilish huquqiga ega bo‘lmaydi.
Shuni e’tibordan chetda qoldirmaslik kerakki, yuqoridagi harakatlarni faqatgina qasddan sodir etgan merosxo‘rgina merosdan mahrum bo‘ladi. Jinoyatni ehtiyotsizlik orqasidan sodir etgan taqdirda merosdan mahrum etilmasligi mumkinligi keltirilgan.
(Ushbu material TDYUUning "Yuridik klinika"si talabalari tomonidan o‘qituvchilar nazorati ostida tayyorlandi.)
Gulnoza Boboyeva, O‘zA