“Mening konstitutsiyam” jamoatchilik muhokamasi
FOTOREPORTAJ
Termiz shahridagi Matbuot uyida “Yuksalish” umummilliy harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi yuzasidan “Mening konstitutsiyam” shiori ostida jamoatchilik muhokamasi tashkil etildi.
[gallery-7803]
Unda Oliy Majlis Senati a’zolari, xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari, davlat va nodavlat tashkilotlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Mavzu yuzasidan qizg‘in muhokamalar yakunida konstitutsiyaviy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Milliy jamoatchilik rezolyutsiyasi” qabul qilindi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat),O‘zA