“Mening bog‘im” loyihasida jamoatchilik ishtiroki muhim (+video)
Shu kunlarda respublikamiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlarini o‘tqazish amallari keng quloch yozmoqda. Shuningdek, jamoatchilik fikri va ovoz berish orqali barpo qilinadigan bog‘lar va yashil zonalar “Mening bog‘im” loyihasi doirasida shahar va qishloqlarimizga o‘zgacha bir ko‘rk bag‘ishlab kelmoqda.
Shu yilning 21-aprel kunidan boshlab aholining o‘z hududida yashil bog‘lar tashkil etilishi uchun ovoz berish jarayonlari boshlanadi. Bu borada joriy yilda ko‘plab yangiliklarni tadbiq etilishi ko‘zda tutilgan. Prezidentimizning 2026-yil 7-aprel kuni PF-56 son farmoni imzolandi va bu hujjat ham loyiha imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgandir.
Shu va sohadagi o‘zgarishlar haqida O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi bosh mutaxassisi Jasurbek Rahimov bilan suhbatlashdik.
- Aytingchi, Prezident farmoni qabul qilganidan so‘ng “Mening bog‘im” loyihasida qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi?
- Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-martdagi 156-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2024-yilda 208 ta tuman va shaharlarda eng ko‘p ovoz to‘plagan loyihalar tanlab olinib, 209 ta “yashil bog‘” va “yashil jamoat parklari” barpo etildi. 2026-yilda “Mening bog‘im” loyihasi doirasida respublikamizning 208 ta tuman va shaharlaridan 617 ta takliflar Ekologiya qo‘mitasiga kelib tushdi. Kelib tushgan takliflar Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuborildi. 2026-yil 1-apreldan 10-aprelgacha mahallalardan kelib tushgan takliflar ro‘yxatga olish bosqichiga kiritildi. Ekologiya qo‘mitasi tomonidan hududlardan kelib tushgan loyihalar saralanib, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etildi. “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida ular ro‘yxatga olindi. 11-apreldan 20-aprelgacha loyihalarni saralash bosqichi bo‘lyapti. 21-apreldan 30-aprelgacha ovoz berish bosqichi o‘tkaziladi va har bir hudud kesimida bir loyiha g‘olib bo‘ladi. Har bir loyiha uchun respublika byudjetidan 250 million so‘mdan mablag‘ ajratilyapti.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/tBPkK1kMEhg" title="“Mening bog‘im” loyihasida jamoatchilik ishtiroki muhim" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Oybek Davronov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA