“Men terrorist emasman” filmi namoyish etildi
5 aprel – Davlat xavfsizlik xizmati kuni munosabati bilan DXX Chegara qo‘shinlari qo‘mondonligida «Men terrorist emasman» badiiy filmi namoyish etildi, deya xabar bermoqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi axborot xizmati.
Mazkur film O‘zbekiston Respublikasi DXX ko‘magida “O‘zbekkino” Milliy agentligi, “Mir Ali cinema” va “Iskandariy visual” kinokompaniyalari hamkorligida suratga olingan.
Namoyishdan avval kinokartina ijodkorlari bilan davra suhbati tashkil etildi.