“Men g‘olibman” shiori ostida 5000 qadam
Shu kunlarda barcha hududlarda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan turli ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari va sport musobaqalari tashkil etilmoqda
. Navoiy viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi tomonidan Navoiy shahri markazida o‘tkazilgan "Men g‘olibman" shiori ostida 5000 qadam yurish marafoni ana shunday tadbirlardan biridir.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan marafonda ishtirokchilar Navoiy shahar “Farhod” madaniyat saroyidan Navoiy temir yo‘l vokzaligacha bo‘lgan masofani bosib o‘tdi. Qariyb 1000 nafarga yaqin harbiylar va Bolalar-o‘smirlar sport maktablari o‘quvchilari ishtirok etgan tadbirda harbiy tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.
Abduvali Bo‘riyev, O‘zA