Meksikada uch kunlik motam e’lon qilindi
Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador poytaxt metrosida yuz bergan fojia oqibatida qurbon bo‘lganlar xotirasiga uch kunlik motam e’lon qildi.
Bu haqdagi farmon rasmiy Federatsiyaning kundaligida e’lon qilingan, deyiladi RIA Novosti xabarida.
"2021 yil 3 may kuni Mexiko shahri metrosining 12-kilometrida yuz bergan fojia munosabati bilan uch kunlik motam e’lon qilinadi", – deyiladi farmonda.
3 may kuni soat 22:22 da Mexiko metrosining ko‘prigi poyezd bilan birga qulab tushgan edi. Oqibatda 24 kishi qurbon bo‘lgan, 79 yo‘lovchi turli darajada tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan.
Federal va mahalliy hokimiyat xorijlik xolis mutaxassislar ishtirokida hodisani sinchiklab o‘rganishga va’da bergan.