Meksikada jurnalist otib ketildi
Meksikaning Verakrus shtati tog‘li tumanida jurnalist Xasinto Romero otib ketilgan. Qotillik oldidan jinoyatchilar unga bir necha bor tahdid qilgani aytilmoqda.
Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Oriestereo FM reportyori va radioboshlavchisi kamida ikki o‘q bilan o‘ldirilgan. U payshanba kuni ertalab Ikstachokitlan munitsipalitetida o‘zining Nissan March avtomobilida ketayotganda jinoyatchilarning hujumiga duch kelgan", - deb yozadi CDP Noticias portali.
OAV tarqatgan xabarga ko‘ra, Romero Verakrus shtatining janubiy qismida Teshuakan munitsipaliteti politsiyasi tomonidan hokimiyat suiste’mol qilinayotgani va munitsipal mansabdorlarning qarindoshlari ishtirokidagi mojarolar haqida maqola e’lon qilgandan keyin WhatsApp orqali tahdidlar ola boshlagan.
Meksikada joriy yilning o‘zida besh nafar jurnalist jinoyatchilar qo‘lida halok bo‘ldi. Shu yilning iyul oyida Sonora shtatidagi yangiliklar portalining xo‘jayini otib ketilgan edi.