Meksikada 3,5 mingdan ortiq uy suv ostida qolgan
Meksikaning Keretaro shtatida kuchli yomg‘ir tufayli 3,5 mingdan ziyod uy suv ostida qolib ketdi, deya xabar berdi Milenio gazetasi.
Tabiiy ofat 70 mingdan ortiq odamni qamrab olgan. Yuzlab qutqaruvchilar, harbiy xizmatchilar va Milliy gvardiya askarlari zararni bartaraf etishga safarbar etilgan.
Hudud gubernatori Maurisio Kurining aytishicha, mintaqadagi zararni baholash tez orada boshlanadi. U, shuningdek, ro‘yxat shakllantirilishi haqida ma’lum qilgan va u yerda qancha odam doimiy yashayotgani hamda qancha odam uyni ijaraga olgani ko‘rib chiqiladi.
Xabarlarga ko‘ra, avvalroq harbiy xizmatchilar va qutqaruvchilar suv bosgan hududlardan 3 mingdan ortiq odamni evakuatsiya qilgan.
Sentyabr oyi boshida kuchli toshqinlar boshlangan edi, o‘shanda Keretaro shtati bilan chegaradosh Idalgo shahrida o‘n minglab uylar zarar ko‘rgan.
B.Xudoyberdiyev, O‘zA