Meksika chegarasida kuchli dovul boshlandi
Tinch okeanidagi “Uilla” tropik shamoli kuchayib, dovul darajasiga koʻtarildi, deyiladi AQSH dovullardan ogohlantirish Milliy markazi maʼlumotida.
Tinch okeanidagi “Uilla” tropik shamoli kuchayib, dovul darajasiga koʻtarildi, deyiladi AQSH dovullardan ogohlantirish Milliy markazi maʼlumotida.
Ob-havoni kuzatuvchi mutaxassislarning bergan xabariga qaraganda, Meksikaning Gʻarbidagi Kabo Korriyentes hududidan 400 kilometrlik masofada boʻlgan dovul Shimoli-Sharq tomonga soatiga 9 kilometr tezlik bilan harakatlanmoqda. Shamolning eng yuqori tezligi esa soatiga 185 kilometrga yetishi maʼlum qilingan.