“Mehrjon” – quvonch va imkoniyatlar maskani
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Chust tumanining G‘ova qishlog‘ida joylashgan “Mehrjon” sog‘lomlashtirish oromgohida bolalarning mazmunli hordiq chiqarishi va sog‘lom dam olishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
Oromgohda bolalar salomatligini muhofaza qilish, sifatli ovqatlanish hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etishga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, tarbiyachilar va murabbiylar ishtirokida turli ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar tashkil etilmoqda.
[gallery-30431]
2023-yilda tashkil etilgan oromgoh 120 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, dam oluvchilar uchun zarur infratuzilma va qulayliklar bilan ta’minlangan.
Oromgoh rahbari Bobomurod Otaboyevning ta’kidlashicha, muassasada xizmatlar sifatini oshirish, bolalarning xavfsiz va mazmunli dam olishini ta’minlash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA