“Mehr quyoshi” nashrdan chiqdi
G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan taniqli adib Ibrohim G‘afurovning “Mehr quyoshi” nomli kitobi nashrdan chiqdi.
G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan taniqli adib Ibrohim G‘afurovning “Mehr quyoshi” nomli kitobi nashrdan chiqdi.
“Mehr quyoshi” zamonaviy ko‘rinishga ega. Kitob yuziga ʼʼGul bargiga yozilgan xatlarʼʼ, deb yozib qo‘yilgan. Kitobga adibning hikoya va qissalari, publitsistik va ilmiy maqolalari, esdalik va xotiralari kiritilgan.

Ishonamizki, adabiyotimizning yirik vakili Ibrohim G‘afurovning yangi kitobi ham o‘quvchilar qalbidan joy egallaydi.