Mehnat shartnomasining muddatini o‘zgartirishning zamonaviy qoidalari
Bonu Davlatnazarovna RAXIMBERGANOVA tayanch doktorant katta o‘qituvchi Toshkent davlat yuridik universiteti Yuristlar malakasini oshirish markazi Toshkent, O‘zbekiston bondav0116@gmail.com
Annotatsiya
Maqolada muddatli mehnat shartnomasining zaruriy sharti bo‘lgan – muddatini o‘zgartirishning qonunchilikda belgilangan tartibi, huquqni qo‘llash amaliyotida yuzaga kelayotgan muammolar, normativ-huquqiy hujjatlar normalarini amalga oshirish jarayonidagi noaniqliklar hamda qonunchilikdagi boshqa bo‘shliqlar tahlil etilgan. Erishilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida milliy qonunchilikni takomillashtirish maqsadida asoslantirilgan takliflar ilgari surilgan.
Tayanch so‘zlar: muddat, mehnat shartnomasi, cheklangan huquqlar, o‘zgartirish, buyruq, ish beruvchi, xodim, mehnat munosabatlari, kelishuv.