Mehnat muhofazasi– dolzarb masala
Toshkent tumanidagi bir qator korxona va tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishi hamda norasmiy ishlayotgan fuqarolar bilan bog‘liq holatlar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi tomonidan tashkil etilgan nazorat tadbirida asosiy e’tibor mehnatni muhofaza qilish sohasida xodimlarga xavfsiz mehnat sharoitini yaratish, ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan baxtsiz hodisalarning oldini olish, inson qadri va salomatligi yo‘lidagi harakatlarni shakllantirishga qaratildi.

Hozir hududda ko‘p qavatli uylar va jamoat binolarini qurish ishlari olib borilib, foydalanishga topshirilmoqda. Biroq ayrim yangi turarjoy obyektlarida ishlayotgan quruvchi va ishchilar himoya vositalari bilan ta’minlanmagan. Binolarda mehnatni muhofaza qilish qoidalari buzilgan. Elektr uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik choralariga amal qilinmayotgan holatlar takrorlanib turibdi.

Shuningdek, ba’zi ishchilar hali voyaga yetmagani va og‘zaki kelishuv asosida mehnat qilayotgani aniqlanmoqda.

O‘rganish jarayonida 20 ga yaqin korxonada norasmiy faoliyat olib borayotgan 86 nafar ishchi- xodim bilan belgilangan tartibda mehnat shartnomalari tuzilib, ular rasman ishga qabul qilindi.
<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/u6DHUQf1MiI" title="Mehnat muhofazasi– dolzarb masala" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>A.Musayev, D.Ernazarov(surat),
O‘zA muxbirlari