Mehnat huquqlaringiz buzilayaptimi?
Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning oktyabr-noyabr oylarida respublika miqyosida xodimlarning mehnat huquqlariga rioya etilishi yuzasidan onlayn tarzda anketa soʻrovi oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyilmoqda.
Unda Adliya vazirligining onlayn soʻrovnomasida ishtirok eting va muammolaringiz haqida maʼlum qiling.
Sizning mehnat huquqlaringiz buzilayaptimi? Oylik maoshingiz vaqtida berilmayaptimi? Ish haqingizdan roziligingizsiz ushlab qolinayaptimi? Ish vaqtidan ortiq yoki dam olish va bayram kunlari ishlashga jalb qilinayapsizmi?
Endi bunga birgalikda barham beramiz.
Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning oktyabr-noyabr oylarida respublika miqyosida xodimlarning mehnat huquqlariga rioya etilishi yuzasidan onlayn tarzda anketa soʻrovi oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyilmoqda.
Mazkur soʻrovda anonim yoki shaxsingizni koʻrsatgan holda ishtirok etishingiz mumkin. Shaxsini koʻrsatgan ishtirokchilarning buzilgan mehnat huquqlarini tiklash yuzasidan choralar koʻriladi.
Soʻrovda ishtirok etish uchun quyidagi havolalarga murojaat qiling:
Anonim tarzida soʻrovnomada qatnashish: https://forms.gle/9GipeTSkar8KH5TE7
Shaxsingizni koʻrsatib, murojaat tarzida toʻldirish: https://forms.gle/zwYtc7JszrprJDq